Kuni kecha “Oʼzbekiston akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan Tojikiston Milliy akkreditatsiya markazi mutaxassislari uchun oʼquv-mashgʼuloti tashkil etildi.

Seminarni Markaz direktorining oʼrinbosari Shokir Аlimov ochib berdi. “Oʼlchash natijalarining metrologik kuzatiluvchanligini taʼminlash jihatlari” mavzuida oʼtgan mashgʼulotda Markaz strategik rivojlantirish, menejment tizimini qoʼllab-quvvatlash boʼlimi boshligʼi Mahmud Hayrullaev maʼruza qildi.